«Real» yangi himoyachi bilan shartnoma tuzishi mumkin

  • 07.08.2026 11:09
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» klubi yozgi transfer oynasi yakunlanishidan oldin yana bir futbolchi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. «Qaymoqranglilar» bu mavsumda yangi futbolchilar uchun 200 million evroidan ortiq mablag‘ sarfladi, shuning o‘ziyoq jamoaning transfer bozorida juda faol harakat qilayotganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, Diario AS nashri xabariga ko‘ra, klub ishi shu yerda to‘xtab qolmasligi mumkin.

 

Manbaga ko‘ra, madridliklar tarkibga yana bir himoyachi qo‘shish variantlarini o‘rganmoqda. Biroq bu transfer faqat bitta shart bajarilganda amalga oshadi: jamoani himoyachi Raul Asensio tark etsa, «Real» yangi futbolchi olishga kirishadi.

 

Eslatib o‘tamiz, yaqinda «Real» yana bir yirik transferni rasmiy e’lon qildi. Klub «RB Leyptsig» jamoasidan yarim himoyachi-vinger Yan Diomandeni sotib oldi. Kelishuv qiymati 125 million evro atrofida deb baholanmoqda, shartnomada yana 15 million evro miqdoridagi bonuslar ham nazarda tutilgan.

 

Shu bilan birga, madridliklar uchun yana bir ehtimoliy variant sifatida tilga olinayotgan yarim himoyachi Rodri masalasi deyarli yopilgani aytilmoqda. Xose Mourinyo boshqarayotgan jamoaga o‘tishi haqida mish-mishlar yurgan futbolchi «Manchester Siti»dagi faoliyatini yakunlab, «Barselona» safiga qo‘shilishga qaror qilgani haqida payshanba kuni ma’lum bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!