"Real" yarim himoyachisi boshqa klubga o‘tadi

  • 28.12.2021 13:57
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos faoliyatini boshqa jamoa tarkibida davom ettirishi mumkin.

"Betis" ispaniyalik futbolchi xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Ispan OAVning ma’lum qilishicha, klub "qaymoqranglilar" vakilini 15 million evroga sotib olmoqchi. Shuningdek, kelishuvda bonuslar ham ko‘zda tutilgan.

Daniga "Betis" begona emas. U 2017 yilda aynan shu jamoadan madridliklar safiga kelib qo‘shilgan. 25 yoshli xavbek Tokio Olimpiadasida olgan jiddiy jarohatini tiklash bilan band.

Sebalos joriy mavsum "qirollik klubi" tarkibida birorta o‘yin o‘tkazmadi. Avvalgi ikki mavsumni esa, ijara asosida "Arsenal"da o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!