"Real" yarim himoyachisi jamoadan ketmoqchi

  • 21 iyun, 22:05
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos bosh murabbiy Xabi Alonsoning unga bo‘lgan munosabatidan ranjigan va jamoani tark etishni o‘ylamoqda. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, futbolchi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Al-Hilol"ga qarshi o‘yinda (1:1) asosiy tarkibdagi o‘yinchisi bo‘lishiga qaramay, zaxirada qolgani uchun xafa bo‘lgan. U jamoaga Alonso kelgan kundan boshlab u bilan birga ishlaganiga qaramay, maydonga tushirilmagan.

"Qirollik klubi"da murabbiy 28 yoshli yarim himoyachiga ishonch bildirmayotgani va futbolchining jamoani tark etishga tayyorligi haqida fikrlar mavjud.

O‘tgan mavsumda Sebalos barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma bilan kifoyalangan. Uning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 10 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!