
"Real" yarim himoyachisi safdan chiqdi, u qachon tarkibga qaytadi?
Federiko Valverde bel qismida muammolarga duch kelmoqda.
"Real" klubining matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bugun o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasida yarim himoyachiga lyumboishialgiya tashxisi qo‘yilgan.
Bu holat bel sohasida turli darajadagi og‘riqli sezgilar (noqulaylik hissidan to kuchli og‘riqlargacha) bilan tavsiflanadi va bu og‘riqlar oyoqqa ham zarar berishi mumkin.
"COPE" jurnalisti Aranchi Rodrigesning ma’lumotlariga ko‘ra, urugvaylik futbolchining tiklanishi uchun taxminan bir hafta vaqt kerak bo‘ladi. U klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishga tayyor bo‘ladi.
Fikrlar