"Real" yarim himoyasida katta yo‘qotish

  • 27 fevral, 18:04
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" mavsum davomida jarohatlar bilan kurashishni davom ettirmoqda. Payshanba kuni klub yarim himoyachi Dani Sebalosning tashxisini e’lon qildi, biroq 28 yoshli futbolchining tiklanish muddati haqida hech narsa ma’lum qilinmadi.

"Deportes Cope" xabariga ko‘ra, Sebalos to‘liq tiklanishi uchun taxminan ikki oy kerak bo‘ladi. Katta ehtimol bilan, u may oyida — mavsumning hal qiluvchi bosqichida maydonga qaytadi.

Joriy mavsumda Sebalos "Real" tarkibida 30 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi.

Hozirda "Real" La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha "Barselona"dan ortda qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!