"Real" yosh iste’dod uchun 50 million evro sarflamoqchi
Madridning "Real" klubi "Vasko da Gama" safida harakat qilib kelayotgan Rayanni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Fichajes" nashri xabar berdi.
Manbada yozilgan ma’lumotga ko‘ra, "qirollik klubi" 19 yoshli futbolchining transferi uchun 50 million evrolik taklif tayyorlamoqda. Avvalroq, "Barselona" Braziliya klubiga o‘z taklifini yuborgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Vingerning hozirda transfer bozoridagi narxi 25 million evroni tashkil etadi. Uning klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning dekabrida yakuniga etadi.
Ma’lumot uchun, Rayan joriy mavsum "Vasko da Gama" safida 55 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol kiritgan va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar