
"Real" Yovichni A Seriya klubi futbolchisiga almashtirmoqchi
"Real" Madrid klubi rahbariyati yozda jamoa forvardi Luka Yovichni sotib yuborishga tayyor.
Goal nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “qirollik klubi” 22 yoshli serbiyalik futbolchini "Napoli" yarim himoyachisi Fabian Ruisga almashtirishga tayyor.
Yovich “Real” safiga 2019 yilning yozida “Ayntraxt”dan ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Ruis esa “Napoli” safida bu mavsum 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar