"Real" yozda 160 million yevroga futbolchi sotib olmoqchi
Madridning "Real" klubi "Bavariya" vingeri Maykl Oliseni sotib olmoqchi.
"Bild" nashri bergan xabarlarga koʻra, Madridning "Real" klubi "Bavariya" futbolchi Maykl Olisega qiziqish bildirmoqda. "Qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres fransiyalik futbolchiga yuqori baho bermoqda va uni sotib olish uchun klub byudjetidan 160 million yevro taklif qilishga tayyor ekanini maʼlum qilgan. Shu bilan bir qatorda, "Bavariya" oʻz yulduzini yaqin orada sotishni rejalashtirmayapti. "Qizillar" Oliseni oʻtgan mavsum avvalida "Kristal Pelas"dan sotib olgan edi. Shu oralikda fransuz 93ta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurdi. U 35ta gol va 50ta golli uzatmani oʻz nomi yozdirib qoʻygan. Mayklnig myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga yetadi.
Maʼlumot uchun, Maykl Olise 18 mart kuni "Bavariya"ning "Atalanta"ga qarshi boʻlib oʻtadigan oʻyini sariq kartochkalari koʻpayib ketgani sabab oʻtkazib yuboradi.
Fikrlar