
"Real" yozda 2 nafar yulduz futbolchisini transferga qo‘ymoqchi
"Real" yozgi transferlar davrida yarim himoyachilar – Isko va Garet Beylni sotib yubormoqchi.
Uelslik futbolchi "Tottenxem" safida ijarada o‘ynamoqda, ammo bosh murabbiy Joze Mourino uning harakatlaridan qoniqmayapti. Agar London klubi Beyl bilan ijara muddatini uzaytirmasa, u yana "Real"ga qaytadi.
Agar Beyl sotilsa, madridliklar Iskoni ham sotishga urinib ko‘radi. Bu haqda italiyalik jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Garet Beyl joriy mavsum APLda 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Isko esa, La Ligada 13 ta o‘yinda ishtirok etib, jamoasining 1 ta goliga assistentlik qildi.
Fikrlar