"Real" yozda Dibalani sotib olishga urinib ko‘radi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Paulj Dibala hamon “Real”ning qiziqishlariga sabab bo‘lmoqda.

Calciomercato nashrining ma’lum qilishicha turinliklar ayni damda ko‘rsatayotgan yomon o‘yini sabab 24 yoshli argentinalik futbolchi bilan kelishuvni uzaytirishga shoshilishmayapti. Aytish kerakki, Dibala ketma-ket 5ta uchrashuvdan buyon “Yuve” safida gol ura olmayapti.

Yuqoridagi manbaaning yozishicha “qirollik klubi” Argentina terma jamoasi a’zosini mavsum yakunlangach, yozgi transferlar davrida harid qilmoqchi. Ushbu transfer esa tahminan 150 mln evroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Dibala joriy mavsum A Seriyaning jami 16ta bahsida ishtirok etdi va o‘z hisobiga 12ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!