“Real” yulduzi bo‘lishi kutilgan Azar arzon futbolchiga aylanib qoldi
“Real” safiga ko‘chib o‘tganida Eden Azar madridliklar tarkibidan ketgan Krishtianu Ronalduning yo‘qligini bilintirmasligi va jahon futbolida Lionel Messining o‘rnini egallashi aytilgan edi.
Lekin belgiyalik iqtidor egasi nimalarga qodirligini isbotlay olmadi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, yarim himoyachining transfer summasi dahshatli tarzda pasayib ketdi. O‘z vaqtida 150 million evroga baholangan Azarning hozirgi narxi 60 million evro atrofida baholanmoqda.
Azarning muvaffaqiyatsizligiga Ispaniya chempionatidagi dastlabki mavsumda og‘ir jarohat olib yarim yilga safdan chiqqani asosiy sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Azar maydonga qaytganidan keyin ham o‘z darajasiga chiqa olmadi. Mutaxassislar u jarohat olishdan qo‘rqib o‘ynay olmayotganini ta’kidlamoqda.



Fikrlar