“Real” yulduziga ikki klubdan bir xil taklif keldi
“Real” klubining hujumkor futbolchisi Braim Dias faoliyatini Angliya Premier-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega. Bu haqida Fichajes nashri xabar berdi.
“Qirollik klubi” o‘z futbolchisi bo‘yicha Angliyadan jami 60 million evrogacha bo‘lgan ikkita taklif oldi.
Takliflar tuzilmasiga ko‘ra, ingliz klublari Braim Dias uchun 45 million evro kafolatlangan summa va muayyan shartlar bajarilgan taqdirda yana 15 million evrolik bonuslar ajratmoqchi.
Joriy mavsumda Diasning o‘yin vaqti ancha qisqarib ketdi. Uning shartnomasi 2027 yilning yozida tugaydi. “Real” bu o‘yinchi bilan xayrlashishga tayyor ekani aytilmoqda.
Braim Diasga qiziqayotgan ikki klub “Aston Villa” va “Sanderlend” ekani aytilmoqda. Angliya Premier-ligasida yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan bu klublar Diasni tarkibni kuchaytirish varianti sifatida ko‘rmoqda va unga barqaror o‘yin amaliyoti taklif qilishga tayyor.
Fikrlar