
“Real” zo‘r hujumchi oladi. U 15 yoshida rekordlarni uryapti
Ispaniyaning Mundo Deportivo nashrining yozishicha, “Real” skautlari yangi iste’dod egasini topdi. Madridliklar “Jenerason Fut” jamoasida o‘ynayotgan 15 yoshli Amar Diufga jiddiy qiziqish bildiryapti.
Diuf Senegaldan. U 17 yoshgacha futbolchilar ishtirokidagi Afrika kubogi musobaqasining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. Yosh hujumchi bu turnirda raqiblar darvozasini besh marotaba ishg‘ol qildi.
Yaqinda Senegal milliy terma jamoasi Amar Diufni Ruanda bilan o‘yinga jalb qildi. Bu bahsda maydonga tushgan Amar Diuf futbol tarixida o‘z mamlakati bosh jamoasida debyut o‘tkazgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Shu kuni Amar Diuf 15 yoshu 94 kunlik edi. Shu tariqa, afrikalik futbolchi Norvegiya terma jamoasi vakili Martin Edegor rekordini yangiladi. Edegor o‘z yurti bosh jamoasida 15 yoshu 293 kunligida ilk uchrashuvini o‘tkazgan edi.
Fikrlar