"Real"da ishlari yurishmagan hujumchi "Milan"ga o‘tishga rozi bo‘ldi
"Milan" klubi "Real" forvardi Luka Yovich bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda LBDV xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 22 yoshli serbiyalik futbolchi “rossonerilar”ning keyinchalik 40 mln evroga sotib olish sharti bilan 2 yilga ijaraga olish borasidagi taklifini qabul qilgan. Endi Yovich “Milan”da Zlatan Ibragimovichning o‘rnini egallaydi.
“Real” Yovichni bundan bir yil muqaddam “Ayntraxt”dan 60 mln evro evaziga sotib olgan edi. U joriy mavsum 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar