“Real”da janjal: Asensio Anchelottiga bosh ko‘tardi (foto)

  • 12 sentabr, 2022, 18:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning hujumkor futbolchisi Marko Asensio “Malorka”ga qarshi uchrashuvda bosh murabbiy Karlo Anchelotti uni maydonga tushirmagani uchun ustoziga qarshi bosh ko‘tardi.

Tecno

Italiyalik murabbiy beshta o‘yinchi almashtirish imkoniyatidan to‘liq foydalanmadi va to‘rtta yangi futbolchiga o‘ynash imkonini berdi.

Anchelotti Asensioni mashg‘ulotga yuborib, so‘ngi almashtirishni 71-daqiqada amalga oshirdi va Marko zaxirada qolib ketdi. Bundan xabar topgan futbolchi keskin norozilik bildirdi, suv idishlarni tepib, kiyimini zaxira o‘rindig‘iga otib yubordi.

asensio skandal

Asensio joriy mavsumda bir marta maydonga tushib, “Selta”ga qarshi sakkiz daqiqa o‘ynadi xolos.

Bahsdan keyin Anchelotti yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha izoh berdi.

- Asensio nimadan g‘azablanyapti, o‘ynamaganidanmi? Bu borada uning fikriga qo‘shilaman va buni o‘ylab ko‘raman, - dedi Anchelotti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
● 10 ●
12/09/2022 23:27
Санам ромага кел