“Real”da jarohatlar epidemiyasi: Sabab kutilmagan joydan chiqdi
“Real” jamoasida haqiqiy "jarohatlar epidemiyasi" davom etmoqda. Jamoaning ahvoli ancha og‘irlashgan, lekin bunga kutilmagan sabab topildi. Oxirgi yangiliklar muxlislarni ancha xafa qildi.
Rodrigo tizzasidan juda og‘ir jarohat oldi va u uchun mavsum tugadi.
Kilian Mbappe ham ancha vaqtdan beri tizzasidagi og‘riq bilan o‘ynayapti.
Antonio Ryudiger, Eduardo Kamavinga va Arda Gyuler kabi yulduzlarning ham tizzasi birin-ketin “pand beryapti”.
Klubga jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha dunyodagi eng zo‘r mutaxassis Antonio Pintus olib kelingan edi. Lekin u ham, shifokorlar ham hech narsa qila olmayapti. Futbolchilar g‘oy “shishadan yasalgandek” birin-ketin safdan chiqmoqda.
Muammo nimada?
Klub rahbariyati bu borada jiddiy surishtiruv boshladi. Ma’lum bo‘lishicha, hamma gap stadion va mashg‘ulot maydonidagi maysa sifatiga borib taqalmoqda:
Mutaxassislarning aytishicha, agar maydon chimi sifatsiz bo‘lsa, futbolchi yugurayotganda oyogi yerga no‘rin yopishadi. Bu esa birinchi bo‘lib tizza bo‘g‘imlariga zarar yetkazadi.
Ma’lum bo‘lishicha, yulduz futbolchilar ancha vaqtdan beri “Santyago Bernabeu” va mashg‘ulot bazasidagi maysa yomonligidan shikoyat qilib kelishayotgan edi. Klub rahbariyati bu masalani jiddiy nazoratga oldi. Agar ayb chindan ham maysada bo‘lsa, millionlab dollarlik yulduzlarni asrab qolish uchun maydonni butunlay yangilashga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar