“Real”da muammoga duch kelgan Xabi Alonsoni boshqa superklubda kutishyapti
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” rahbariyati har ehtimolga qarshi bosh murabbiy Arne Slotning ishdan olinishi holatiga hozirdan tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Mersisaydliklar Arne Slotning o‘rniga tayinlanishi mumkin bo‘lgan mutaxassislar ro‘yxatining birinchi qatoriga Xabi Alonsoni qo‘ydi.
Ispaniyalik mutaxassisning o‘zi ham ayni paytda “Real”da jiddiy muammolarga duch kelgan va tez orada iste’foga chiqarilishi mumkin.
Bu haqda Caught Offside xabar berdi.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, mersisaydliklar Alonsoni taktik tafakkuri va klub bilan daxldorlik hissi tufayli jamoa uchun ideal murabbiy, deb hisoblashadi. Alonso 2004—2009 yillar davomida “Liverpul3 garafini himoya qilgan.
Fikrlar