"Real"da nimalar bo‘lyapti? Yana bir yarim himoyachi jarohat sabab safdan chiqdi

  • 14 may, 20:16
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braim Dias jarohat tufayli "Malorka"ga qarshi o‘ynamaydi.

"As" nashrining xabar berishicha, o‘tgan yakshanba kuni "Barselona"ga qarshi o‘yinda (3:4) "Real" yarim himoyachisi chap son mushagini shikastlab olgan. Ma’lum bo‘lishicha, Braim klasikoning ikkinchi bo‘limida noqulaylik his qila boshlagan, ammo o‘yinni davom ettira olgan.

"Real" murabbiylar shtabi yarim himoyachini bugungi o‘yin tarkibiga kiritmaslikka qaror qildi. Bundan tashqari, Braim 18 may kuni "Sevilya"ga qarshi o‘yinni ham o‘tkazib yuborishi ehtimoli bor.

Hozirgi vaqtda "Real" tarkibida asosiy jamoaning yana 10 nafar futbolchisi – Andrey Lunin, Antonio Ryudiger, Dani Karvaxal, Eder Militao, Ferlan Mendi, Lukas Vaskes, David Alaba, Eduardo Kamavinga, Vinisius Junior va Rodrigo jarohatda.

Shuningdek, "Malorka"ga qarshi o‘yinda diskvalifikatsiya qilingan Orelen Tchuameni ishtirok etmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!