“Real”da noxushlik: Mbappe, Bellingem va Dias shifokorga murojaat qildi

  • 29 noyabr, 2024, 09:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqich beshinchi tur uchrashuvi “Real”ga har tomonlama qimmatga tushdi.

Angliyada “Liverpul”dan qaqshatqich mag‘lubiyatga uchragan madridliklarning etakchi o‘yinchilari shifokorlarga murojaat qilishiga to‘g‘ri keldi.

COPE nashrining yozishicha, Jud Bellingem, Kilian Mbappe va Braim Dias uchrashuvdan keyin o‘zini noqulay his qilgan. Endi bu o‘yinchilar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganidan keyin ularning salomatligi bo‘yicha xulosa chiqariladi.

Shuningdek, liverpulliklar bilan o‘yinda jarohat olgan Eduardo Kamavinga ham tibbiy tekshiruvdan o‘tkazaladi. Bu ko‘rik natijasining shikastlanish darajasi va tiklanish muddati aniqlanadi.

Ayni paytda Eduardo Kamavingadan tashqari, yana olti nafar futbolchi – Daniel Karvaxal, Eder Militao, Orelen Tchuameni, David Alaba, Vinisius Junior, Rodrigo Goes jarohat tufayli safdan chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!