
“Real”dan ketayotganlar soni ortmoqda
Ispaniya chempionligi va Evropa Chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan “Real”dan ketayotgan futbolchilar soni ortib bormoqda.
Mavsum yakunlanishi bilan asosiy tarkib o‘yinchilaridan hisoblangan Toni Kroos, Nacho Fernandes va Xoselu klubni tark etib bo‘ldi.
Tajribali ijrochilarqatorida etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan ikki futbolchi – argentinlik hujumkor futbolchi Nikolas Pas va urugvaylik markaziy hujumchi Alvaro Rodriges ham o‘ziga yangi jamoa qidirmoqda.
TodoFichajes nashrining yozishicha, “Qirollik klubi”ni tark etadiganlar qatoriga 27 yoshli yarim himoyachi Dani Sebalos ham qo‘shildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, futbolchi ko‘proq o‘yin amaliyoti beradigan jamoada o‘ynash istagini bildirib, klub rahbariyatidan o‘zini qo‘yib yuborishni so‘ragan.
Dani Sebalos “Betis” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2017 yili “Real”ga olib kelinganidan beri asosiy tarkibdan muqim joy ololmayapti. Dani 2019 yili ijara asosida “Arsenal”da o‘ynab kelganiga qaramay, uning faoliyatini ijobiy o‘zgarish bo‘lgani yo‘q.
Fikrlar