"Real"dan uch baravar ko'p maosh beramiz, bizga o't!
«Real Madrid» Evropaning bir qator klublari nishonida turgan «RB Leyptsig» hujumkor futbolchisi Yan Diomandeni qo‘lga kiritish arafasida. Kelishuv yakuniga yetishiga oz qolgani aytilmoqda.
Bu holat Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi hisoblangan «Pari Sen-Jermen» klubi rahbariyatiga yoqmadi.
Ispaniya nashri El Nacional xabariga ko‘ra, endi fransuz grandi «Manchester Siti» markaziy yarim himoyachisi Rodrining «Real»ga o‘tishiga to‘sqinlik qilish rejasini ishlab chiqqan.
Ma’lumotlarga qaraganda, «Pari Sen-Jermen» ispaniyalik futbolchiga madridliklar taklif qilayotgan maoshdan uch barobar yuqori ish haqi taklif etishga tayyor. Parij klubi shu yo‘l bilan Rodrini «Real» taklifidan voz kechishga ko‘ndirishni maqsad qilgan.

Fikrlar