“Real”ga ikkita gol urgan yulduz “Barsa”ga javob qaytardi

  • 29 sentabr, 10:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atletiko”ning argentinalik hujumchisi Xulian Alvares Ispaniya chempionatida ettinchi tur qahramonlaridan bo‘ldi. 25 yoshli futbolchi Madrid derbisida “Real” darvozasini ikki bor ishg‘ol qilib, jamoasining 5:2 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Tecno

Alvaresning dublidan keyin bu hujumchini “Barselona” o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekani haqidagi xabarlar yana avj oldi.

Ma’lumki, Kataloniya superklubi anchadan beri jamoaning 37 yoshli to‘purari Robert Levandovskiga munosib o‘rinbosar qidirmoqda. Nomzod orasida Xulian Alvares ham bor.

El Nacional nashrining yozishicha, Xulianning o‘zi kataloniyaliklarning unga e’tibor qaratganidan xabardor. Alvares agar “Barselona”dan taklif tushsa, uni mamnuniyat bilan qabul qilishini ta’kidladi.

Ekspertlarning aytishicha, bu transferga o‘yinchining transfer summasi xalaqit qilishi mumkin.  Transfermarkt portali “Atletiko” bilan 2030 yilning yozigacha davom etadigan shartnomaga ega o‘yinchini 100 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!