“Real”ga “Oltin to‘p” sohibi kerak emas, undan zo‘rlari chiqib qoldi
Diario AS nashri va “Real” klubiga yaqin jurnalist Xose Feliks Dias ma'lumotiga koʻra, Madrid klubi “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodrini sotib olmaydi.
Manbalarga koʻra, “Qirollik klubi” markaziy yarim himoya pozitsiyasi uchun boshqa nomzodlarni koʻrib chiqmoqda.
Ular transfer nishonlari roʻyxatiga Adam Uorton (“Kristal Pelas”), Kes Smit (“AZ Alkmaar”) va Vitin'ya (PSJ) kabi mahoratli oʻyinchilarni kiritdi.
Avvalroq, “Real” hujumchisi Vinisius Juniyor agar klub Rodrini sotib olsa, jamoani tark etishini rahbariyatiga ma'lum qilgan edi. Chunki aynan Rodri 2024 yildgi “Oltin toʻp” uchun kurashda kutilmaganda Vinisiusni ortda qoldirgan edi.
Transfermarkt portali 29 yoshli ispaniyalik yarim himoyachini 75 million yevroga baholamoqda.
Fikrlar