“Real”ga o‘tma, biz bilan qol!

  • 10.02.2026 06:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” yaqinida “Real”dan taklif olgan markaziy himoyachi Ibrohim Kogatening jamoada qolishini istayapti va unga yangi bitim taklif qilmoqchi.

Ayni paytda tomonlar hamkorlik bo‘yicha muzokara boshlagan. Bu haqida jurnalist Ekrem Konur X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, mersisaydliklar fransiyalik futbolchiga “Real”dan boshqa grand klublar ham og‘iz solayotganini inobatga olib, u bilan  kelishuvni imkoniy boricha tezroq yakunlashni ko‘zlayapti.

26 yoshli fransiyalik himoyachining “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi. Uni erkin agent maqomida bepul qo‘lga kiritish imkoniyati boshqa klublarning qiziqishini oshirib yuboryapti.

Xususan, “Real” imkoniyatdan foydalab, himoychiga 2031 yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!