
“Real”ga rad javobini beradiganlar ham bor ekan
“Real” asosiy darvozabon Tibo Kurtuaga o‘rinbosar qidirmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klub rahbariyatiga zaxiradagi posbon Andrey Luninni transferga qo‘yishni aytgan.
Madridlik mutasaddilari “Xetafe” darvozaboni David Soriyani “Real”ga ko‘chirib kelmoqchi bo‘ldi. Biroq, 30 yoshli Soriya mashhur klub taklifiga rad javobini berdi. Bu haqda SER Deportivos nashri xabar tarqatdi.
Aslida David Soriya “Real” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘yin amaliyotisiz qolib ketmaslik uchun “Xetafe”da qolishga qaror qilgan.
Yakunlangan mavsumda Soriya chempionatning barcha 38 ta o‘yinida maydonga tushdi. Mohir darvozabon 15 ta uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Fikrlar