
"Real"ga "Siti" hujumchisi kerak
Calciomercato nashri xabariga ko‘ra, "Real" 2020-yil yanvarida Gabriel Jezusni xarid qilishga urinib ko‘radi.
22 yoshli forvard ingliz klubida kam o‘yin amaliyoti sabab "Siti"ni tark etishi mumkin. Shaxarliklar bosh murabbiyi Pep Gvardiola xujum hududida Serxio Agueroni asosiy futbolchi sifatida ko‘rmoqda.
Jezusning transfer summasi 100 million evroni tashkil qiladi va bu "Real"ning kelishuvdagi asosiy muammosi bo‘lishi mumkin. Sababi ayni pallada Madrid klubi bunday xaridni amalga oshirishga tayyor emas.
Fikrlar