“Real”ni faqat Klopp va Xoland qutqaradi
Yaqinlashib kelayotgan yoz Madridning “Real” klubi uchun muhim voqealarga juda bosh bo‘lishi kutilmoqda. Avval xabar qilingandek, klub prezidenti Florentino Peres juda katta ishlarga qo‘l urmoqchi.
“Qirollik klubi” rahbariyati hali “Manchester Siti” bilan sakkiz yillik shartnomaga ega norvegiyalik hujumchi Erling Holandni jamoaga olib kelishni rejalashtirgan.
Sky Sport ma’lumotlariga ko‘ra, Florentino Peres 26 yoshli to‘purarni “Real”ning qutqaruvchisi sifatida ko‘rmoqda.
Shuningdek, Holandning agenti Rafaela Pimenta bilan muzokaralar allaqachon boshlangani aytilmoqda. Biroq Peres bu kelishuv juda qiyin bo‘lishini yaxshi tushunadi.
Holand bilan birga, “Real”ga mashhur murabbiy Yurgen Klopp ham kelishi mumkin. Peres nemis mutaxassisini ham jamoaga olib kelish harakatlarini boshlab yuborgan.
Fikrlar