“Real”ni yozda tark etadigan futbolchilar ma'lum
Madridning "Real" klubi yozda tarkibda tozalash ishlarini olib bormoqchi.
"Defenca Central" nashri bergan ma'lumotga koʻra, Klub allaqachon jamoani tark etadigan nomzodlar roʻyxatini tuzib boʻlgan. Bu roʻyxatdan: Vinisius Juniyor, Eduardo Kamavinga, Adrey Lunin, Fran Garsiya, Arda Gyuler va Din Xöysen joy olgan.
Ta'kidlanishicha, roʻyxatga kiritilgan futbolchilarning barchasini sotishni anglatmaydi. Biroq "qirollik klubi" ushbu 6 ta oʻyinchi boʻyicha tushgan takliflarni koʻrib chiqishga tayyorligini bildiradi.
Eslatib oʻtamiz, "qaymoqranglilar" ayni vaqtda La Ligada 20 ta uchrashuvda 48 ochko jamgʻargan holda turnir jadvalidagi ikkinchi pogʻonani egallab turibdi.



Fikrlar