"Real"ning braziliyalik futbolchisi Portugaliyaga yo‘l olishi mumkin

  • 27.06.2022 09:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real"ning braziliyalik yarim himoyachisi Reyner yangi mavsumni Portugaliya chempionatida boshlashi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, 20 yoshli futbolchi mavsumlar oralig‘ida "Benfika"ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Lissabonliklar uni bir yilga ijaraga olmoqchi. Biroq “qirollik klubi” uni to‘liq sotib olish huquqini bermasligi mumkin, chunki madridliklar rahbariyati hamon unga ishonmoqda.

Reyner o‘tgan mavsumni Dortmundning "Borussiya"sida ijara asosida o‘tkazdi. U nemis grandi safida barcha turnirlarda jami 20 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning "Real" bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!