"Real"ning ikki futbolchisi bugungi mashg‘ulotlarda ishtirok etmadi

  • 23 fevral, 2023, 19:10
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" futbolchilari David Alaba va Rodrigo bugungi jamoa mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar berdi. Ikkala futbolchi ham Chempionlar ligasining nimchorak final "Liverpul"ga qarshi birinchi o‘yinni (5:2) asosiy tarkibda boshlagandi.

Tecno

Avstriyalik futbolchi "Liverpul" bilan o‘yinning birinchi bo‘limida jarohat olib, o‘z o‘rnini Nacho Fernandesga bo‘shatib bergandi. Rodrigoga esa 81-daqiqada maydonni tark etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 25 fevralda "qirollik klubi" "Santyago Bernabeu"da Ispaniya chempionati doirasida "Atletiko"ga qarshi o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!