“Real”ning ikki yulduzi rahbariyatdan ularni qo‘yib yuborishni so‘radi

  • 3 iyul, 08:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” boshqaruviga Xabi Alonsoning kelishi tarkibga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Ayrim futbolchilar jamoadagi kelajagidan xavotirga tusha boshladi.

Tecno

Fichajes nashrining yozishicha,Rodrigo Goes va Eduardo Kamavinga yangi bosh murabbiy taktik sxemalarida o‘zlariga joy yo‘qligini bilganidan keyin klub rahbariyatidan shu yozda boshqa klublarga ketish uchun ruxsat so‘radi.

Madridliklar yangi o‘yinchi Franko Mastantuononi olib kelganidan keyin Rodrigoning boshlang‘ich tarkibga kirish umidi so‘ndi. Keyingi mavsumlarda bu o‘yinchi Kilian Mbappe, Vinisius Junior va Jud Bellingemning soyasida qolib ketayotgan edi. “Real” Rodrigoning narxi tushib ketmasidan uni sotib yuborishga tayyor.

Xabi Alonso yangi mavsumda maydon markazida asosan Orelen Tchuameni, Jud Bellingem, Federiko Valverde va Arda Gyulerga tayanishini bildirganidan keyin Kamavinganing ham kelajagi soya ostida qoldi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, madridliklar har ikki futbolchi o‘yin amaliyotisiz qolib, o‘sishdan to‘xtamasligi uchun ularni boshqa klublarga ketishiga qarshilik qilmaydigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!