“Real”ning koronavirusga qarshi quroli

  • 25 avgust, 2020, 16:40
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Koronavirus pandemiyasi futbol jamoalariga misli ko‘rilmagan moliyaviy muammolar keltirdi. Sotilmay qolgan chiptalar, yillik abonomentlar, klub ichiga tashkil etilmagan sayohatlar tufayli ayniqsa, katta klublar aziyat chekishdi. Jumladan, ispan grandlari ham. La Liga grandlari “Barselona” va “Real” jamoalari pandemiya oqibatida 200 mln evrodan ko‘proq mablag‘ boy berdi. Ulkan, ammo bo‘m-bo‘sh stadionda ishlayotgan yuzlab xodimlarni maosh bilan ta’minlash, karantin talablari tufayli yuzaga kelgan noqulayliklarni bartaraf etish o‘zi shundoq ham og‘ir sharoitda qolgan klub mas’ullarini xursand qilmasligi aniq.

bernabeu130218-1200x545_c
Karantin qoidalari kuchaytirilib, muxlislarning stadionga kiritilishi cheklangan bir paytda, “qaymoqranglilar” o‘zlarining muhtasham o‘yingohlarini rekonstruktsiya qilish ishlarini boshlab yubordi. Bir qarashda bunday og‘ir sharoitda yangi stadion kimga kerak?, degan haqli savol tug‘ulishi tabiiy. Bu uzoqni o‘ylab qilingan harakat edi. Ya’ni, hozir hech kim futbol ko‘rish uchun stadionga kira olmaydi. Demak, o‘yinlarni “Real” mashg‘ulot bazasi – Valdebebasdagi “Alfredo di Stefano” o‘yingohida o‘tkazish mumkin. O‘z navbatida, madridliklar yoshlar jamoasi “Kastilya”ning asosiy o‘yin maydoni hisoblangan ushbu mo‘jazgina stadion La Liganing barcha talablariga to‘liq javob beradi.

222AIN3F2RF43NL3LE5ZPYFL7A
Joriy yil futbol to‘xtatilganidan so‘ng “Santyago Bernabeu”da qizg‘in rekonstruktsiya ishlari boshlandi. Avvalo, maydon chimi olib tashlandi. Chunki maysaning sifatini ta’minlash butun qurilish jamoasi oldidagi ustuvor vazifa edi. Keyinchalik bino tomi hamda bir necha sektorlar yangilandi. Hozir ham ushbu ishlar davom etmoqda va stadion ochilish marosimi 2022 yil iyun oyiga belgilangan. Loyiha tashkilotchilarining aytishiga qaraganda, muxlislar stadionga tashrif buyurmayotganligi sababli ba’zi ishlar rejalashtirilganidan 50% gacha tezlik bilan bitmoqda. O‘z navbatida, pandemiya bu tarafdan “Real”ga yordam berib yuborganligini ta’kidlash joiz.

santiago-bernabeu-real-madrid-obras-cenital-1600x1200

O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: “Real” bu vaziyatdan qanday qilib foyda oladi?
Boshqa grand klublar singari “Qirollik klubi” ham bo‘sh tribunalar bilan o‘yin o‘tkazishga majbur. Bir tarafdan asosiy stadion rekonstruktsiyasi davom etmoqda. Eng muhimi, qurilish ishlari muxlislar yana stadionlarni to‘ldirib o‘tiradigan vaqtgacha tugatiladi va pandemiyadan keyingi davrga “Real” yangi stadion bilan chiqib boradi. Tabiiyki, rekonstruktsiyadan keyingi “Santyago Bernabeu”ni ko‘rish uchun dunyoning barcha nuqtalaridan minglab sayyohlar tashrif buyuradi va bu yana bir bor madridliklar foydasiga ishlaydi.

int2

Solishtirish uchun misol keltirsak, stadion agar odatiy holatda rekonstruktsiya qilinganida “Real” 6 000 tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan “Alfredo di Stefano” maydonida o‘ynashiga to‘g‘ri kelar edi. “Bernabeu” esa 80 000 dan ortiq muxlisga mo‘ljallangan. Bu har bir o‘yinda anchagina chipta kamroq sotilishini bildiradi. Hozir esa hech kim maydonga muxlislarini kiritmayapti. Demak, ular hech nima yo‘qotmaydi. Ma’lumot uchun, “Real” o‘zi uchun omadsiz kelgan 2018/19 yilgi mavsumda chipta sotuvlari, abonomentlar savdosi, VIP sektorlar uchun ajratilgan chiptalar, stadion ichiga tashkillashtiriladigan tur-sayohatlardan 175 mln evro ishlab topgan. O‘sha mavsumda “qaymoqranglilar” o‘z maydonlarida 25 tadan kam o‘yin o‘tkazgan edi. Bundan kelib chiqadiki, agar hammasi o‘z joyiga qaytgan bir paytda “Santyago Bernabeu”ning yangi qiyofasi muxlislar qarshisida gavdalansa, bu daromad bir necha yuz millionga ortib ketishi aniq.

estadio-santiago-bernabeu-madri

Rekonstruktsiyadan keyin stadionda 2 ta rasmiy klub do‘koni, har bir sektor oldida kichik savdo shahobchalari bo‘ladi. Tomning yuqori qismida yil bo‘yi tanaffuslarsiz faoliyat yuritadigan restoran, turistlar, VIP va doimiy mijozlar uchun ko‘ngilochar joylar barpo etiladi. Shuningdek, stadion ichidan ulkan kontsert maydoni ham qurilishi rejalashtirilgan. O‘z navbatida, bu ham “Santyago Bernabeu” ma’muriyatiga foyda keltirishi aniq.

10118-es-09.sw1920.sh1080.ct1.1564134768.856

“Real” nafaqat stadion qurishdan foyda ko‘rdi, balki keng tarkibi, ishtiyoqi baland futbolchilari tufayli ham bu mavsum har holda, sovrinsiz qolmadi. Zidan qaytgandayoq “qaymoqranglilar” eski darajasiga ko‘tarilishi kutilgan edi. Bu ish bosqichma-bosqich amalga oshmoqda. Tarkibga iste’dodli futbolchilar jalb etilmoqda. Pandemiya tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan keyin aksariyat klublar tarkib jihatidan biroz qiynaldi. Ayniqsa, o‘yinlar har 3-4 kunda o‘tkazilganligi jamoalarga qattiq ta’sir qildi. Rotatsion imkoniyatlari ko‘proq bo‘lgan Zidan bu vaziyatda ham “Qirollik klubi”ni boshi berk ko‘chadan olib chiqa oldi. Jamoa prezidenti Florentino Perezdan o‘z vaqtida bir necha transferlarni talab qilgan frantsiyalik mutaxassis yakunda uni xursand qildi. Mana shu jihatlar orqali “Real” o‘zining yorqin kelajagi sari dadil ildamlamoqda.

1573077660_711138_1573077718_noticia_normal

Javohir Azimov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!