
"Real"ning sobiq bosh murabbiyi "Tottenxem"ni boshqarishni xohlamadi
Cadena SER nashri xabariga ko‘ra, "Tottenxem" bosh murabbiy sifatida ilgari "Real"da ishlagan va hozirda "Sevilya"ni boshqarayotgan Xulen Lopetegini tayinlamoqchi bo‘lgan.
Andalusiya klubi prezidenti Xose Kastro o‘z intervyusida Lopetegi ingliz klubining taklifini rad etganini aytdi.
"Unga takliflar kelib tushdi, ammo u birortasini ham eshitishni xohlamadi. Ular orasida boshni aylantiradigan taklif ham bor edi. Xulen qo‘ng‘iroq qildi va menga aytdi.
Ba’zi murabbiylar ko‘proq iqtisodiy omillar sabab jamoalarni boshqaradilar, ammo Xulen biz bilan hammasi yaxshi ekanini tushunadi. U hatto yaxshi ish joyini topish juda qiyin bo‘lishini ham aytdi", - dedi Kastro Cadena SER’ga bergan intervyusida.
Fikrlar