“Real”ning sobiq futbolchisi Ispaniyadan ketmoqchi emas

  • 16.06.2022 18:05
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

"Real"ning sobiq himoyachisi Marselo Madrid klubini tark etganini e’lon qilgach, faoliyatini Ispaniyada davom ettirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. “Mundo Deportivo” nashri xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi o‘zini hamon yuqori saviyada o‘ynashga qodir, deb hisoblaydi va o‘g‘li "Real" akademiyasida o‘ynayotgani sababli Pireney yarim orolida qolishni rejalashtirmoqda.

Manba bergan xabarga ko‘ra, 34 yoshli futbolchida uchta variant bor: “Valyadolid”, “Xetafe” va “Rayo Valekano”. Himoyachi ayni damda mazkur klublarning taklifini o‘rganib chiqmoqda.

Marselo madridliklar safida 545 ta o‘yinda maydonga tushib, 38 ta gol va 103 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Braziliyalik futbolchi 2007 yildan 2022 yilgacha "Real" safida to‘p tepgan. U klub tarkibida olti marta Ispaniya chempioni, besh marta Ispaniya Superkubogi va Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi. Shuningdek, uch marta UEFA Superkubogi va ikki marta Ispaniya kubogini va to‘rt marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati kubogini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!