"Real"ning sobiq futbolchisi yana La Ligaga qaytishi mumkin

  • 07.08.2021 12:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

O‘tgan mavsum "Fiorentina" sharafini himoya qilgan Xose Kalexon jamoasini o‘zgartirishga yaqin turibdi. Aniqrog‘i, 34 yoshli ispaniyalik yarim himoyachiga "Xetafe" qiziqish bildirmoqda.

Jurnalist-insayder Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, “Xetafe” rahbariyati bo‘lajak transfer tafsilotlarini muhokama qilish uchun allaqachon futbolchi bilan bog‘langan. Boz ustiga, "Xetafe" qisqa vaqt ichida futbolchining transferini elon qilmoqchi.

Aytish kerakki, Kalexon uzoq yillar davomida birinchi marta o‘z chempionatiga qaytishi mumkin. La Ligada ispaniyalik futbolchi 2008-2013 yillar oralig‘ida "Espanol" va "Real" klublarida o‘ynagan. U "qirollik klubi" safida 55 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Xose Kalexon Ispaniya terma jamoasi safida 4 ta o‘yin o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!