"Real"ning sobiq himoyachisi Superliga chempioni bilan shartnoma imzolaydi

  • 21 iyul, 2019, 14:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real" klubi sobiq himoyachisi Fabiu Koentrau o‘z kuchini Gretsiya Superligasida sinab ko‘rishga qaror qildi.

A Bola nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli portugaliyalik futbolchi tez orada PAOK klubi bilan shartnoma imzolaydi. Ta’kidlash kerakki, uning "Riu Ave" bilan amaldagi shartnomasi yakunlangan va u Gretsiya chempioni safiga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi.

Ma’lumot uchun, Koentrau 2011-2018 yillarda “Real”da to‘p surgan va 106ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning ayni damdagi transfer narxi esa 2,5 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
dovudhon
21/07/2019 15:03
Hahahaha super liga nomini o'zgartiramiz shekilli bu 4- yoki 5- aldanishim
&
SKIPPER
21/07/2019 17:56
XURMATLI SPORTS.UZ XODIMLARI SIZLARDAN ILTIMOS FAQAT SARLAVXANI TULIQ YOZILA ILTIMOS ODAMNI ERME QILGANDE BOLYAPSIZLAR
Shaxriyor Xolmamatov
21/07/2019 16:54
Atayin odamni axmoq qilyapsizlarmi
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
21/07/2019 15:33
блеееее
Абдусамат Жураев
21/07/2019 14:39
Аммо бору сарлавханиям экворибсизлар