"Real"ning yangi o‘yinchisi Messini eng yaxshi futbolchi deb atadi
Hujumkor yarim himoyachi Franko Mastantuono rasman "Real Madrid" jamoasi a’zosiga aylandi.
Argentinalik futbolchi 18 yoshga to‘lgach, shu kuniyoq uning Madrid klubi bilan tuzilgan shartnomasi kuchga kirdi. "Real"dagi ilk matbuot anjumanida Mastantuono dunyoning eng yaxshi futbolchisi "Barselona" afsonasi Lionel Messi ekanligini aytib, hammani hayratga soldi.
- Dunyoning eng zo‘r futbolchisi kim? Mening nazarimda, bu Messi. Axir men argentinalikman-da, - deya ta’kidladi Mastantuono.
"Real" safida Franko Mastantuono birinchi mavsumda 30-raqam ostida to‘p tepadi, ya’ni u asosiy tarkibga kiritilmaydi. La Ligadagi asosiy tarkib futbolchilari 1 dan 25 gacha bo‘lgan raqamlar ostida ro‘yxatga olinadi.



Fikrlar