
“Real”ning yosh yulduzi klubdan norozi
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Arda Guler bu mavsumda ko‘proq o‘yin o‘ynashini aytgan edi. Jud Bellingem va Dani Sebalosning jarohati turkiyalik yarim himoyachini tez-tez maydonga tushishni o‘ylagan. Ammo, Sebalos jarohat olgan “Betis”ga qarshi o‘yinda Guler zaxiradan maydonga tushmadi.
AS xabariga ko‘ra, Guler o‘yin amaliyoti kamligi tufayli hafsalasi pir bo‘lgan. 19 yoshli futbolchi hozirgi holatdan norozi, ammo “Real Madrid” vakillari va futbolchining atrofidagilar Ardani sabr qilishga chorlashmoqda.
La Liganing to‘rt turida Guler 98 daqiqani maydonda o‘tkazdi (3+69+26).
Fikrlar