Rekord transferlar: Kim daromad qildi, kim qancha pul yo‘qotdi?
Futbol klublari yozgi transfer oynasi davomida futbolchilarning transferlari uchun rekord darajada — 9,89 milliard dollar mablag‘ sarfladi. Bu haqida Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) matbuot xizmati ma’lum qildi.
Jami yoz davomida 12 500 ta transfer amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich ham rekord hisoblanadi.
Transferlarga eng ko‘p mablag‘ sarflagan mamlakat — Angliya klublari bo‘ldi. APL jamoalari futbolchilar xaridi uchun jami 3,02 milliard dollar sarfladi.
Eng ko‘p mablag‘ sarflagan beshlikka quyidagi mamlakatlar kirdi:
- Angliya — $3,02 mlrd
- Italiya — $1,1 mlrd
- Ispaniya — $940 mln
- Germaniya — $904 mln
- Fransiya — $641 mln
Futbolchilar sotuvidan eng katta daromadni esa Fransiya klublari oldi — 1,7 milliard dollar.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha keyingi o‘rinlarda:
- Angliya — $1,43 mlrd;
- Germaniya — $1,02 mlrd;
- Ispaniya — $773 mln;
- Portugaliya — $642 mln.
Shu tariqa, 2026 yildgi yozgi transfer oynasi ham umumiy xarajatlar, ham amalga oshirilgan transferlar soni bo‘yicha jahon futboli tarixidagi eng faol transfer davrlaridan biri bo‘ldi.

Fikrlar