Remzi bu mavsum boshqa maydonga tusholmasligi mumkin
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Aaron Remzi jarohati sabab 2-3 hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda London Evening Standard nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 28 yoshli uelslik futbolchi kecha “Napoli”ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda son mushaklaridan jarohat olgan.
Endi Remzi APLning qolgan o‘yinlarida jamoasiga yordam bera olmaydi. Faqatgina “Arsenal” Evropa ligasi finaliga qadar etib bora olsa, u o‘sha o‘yinda maydonga tushishi mumkin xolos.
Eslatib o‘tamiz, Remzi mavsum yakunlangach erkin agent sifatida “Yuventus”ga borib qo‘shiladi.
Fikrlar