Reshford: "Barselona"da trebl qilish uchun barchasi bor"

  • 19.08.2025 15:23
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Barselona" vingeri Markus Reshford "ko‘k-anorranglilar" yangi mavsumda barcha musobaqalarda g‘oliblik uchun kurashishga tayyorligini ma’lum qildi. Reshford kataloniyaliklar safida ijara asosida to‘p surmoqda, u klubga yozda "Manchester Yunayted"dan kelib qo‘shilgandi.

"Bu "Barsa" barcha sovrinlarni yutmasligiga sabab ko‘rmayapman. Yo‘qsa, o‘tgan mavsumda bu jamoa trebl (uchta sovrin) qilmagan bo‘lardi. Kayfiyat va motivatsiya yuqori", - deya Reshfordning so‘zlarini keltirdi Mundo Deportivo.

Reshford "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. "Manchester Yunayted"ning asosiy jamoasi safida u barcha turnirlarda 426 ta o‘yin o‘tkazib, 138 ta gol urgan va 78 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!