Reshford hamma qo‘chayotgan jamoaga bormoqchi

  • 03.05.2026 07:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted”ga tegishli bo‘lgan Markus Reşford joriy mavsumni ijara asosida “Barselona”da o‘tkazmoqda. Kataloniyaliklar angliyalik yulduzni to‘liq transfer qilish istagini bildirgan, biroq bu rejani amalga oshirish uchun kataloniyaliklar oldida ayrim to‘siqlar bor.

BBC ma’lumotiga ko‘ra, Agar kataloniyaliklar Reşfordni to‘liq transfer qilish masalasini hal etolmasa hujumchi Angliya Premier-ligasi autsayderiga aylangan “Tottenxem”ga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Manba jurnalistlarining ta’kidlashicha, London klubi rahbariyati hujumchining har bir qadamini diqqat bilan kuzatmoqda va uni hujum chizig‘ini yangilash uchun asosiy  variant sifatida ko‘rmoqda. Transfer faqat London klubi Angliya Premier-ligasida jon saqlab qolgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin, chunki katta xaridlar uchun bu asosiy shart hisoblanadi. Ayni paytda jamoa jadvalda 18-o‘rinda bormoqda.

E’tiborli, aprel oyi oxirida insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida Reşford “Barselona” bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan to‘liq shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishganini xabar qilgan edi.

Shunga qaramay, “Tottenxem” bu holatdan to‘xtab qolmayapti. Agar jamoa Chempionshipga tushib ketmasa, futbolchi uchun taklif kiritiladi.

Bundan tashqari, ayni paytda “Tottenxem”ning aksariyat yetakchi o‘yinchilari jamoa quyi ligaga tushib ketishidan xavotirda va o‘zlari yangi ish joyi qidirishni boshlab yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!