Reshford o‘rniga beshta zo‘r hujumchi bor!
Angliya Premer-ligasidagi mavqeini tiklashga kirishgan “Manchester Yunayted” rahbariyati “Barselona”ga ijaraга jo’natilgan Markus Reşforddan to’liq qutilmoqchi va uning o’rniga boshqa o’yinchi oladi.
Sport.es saytining yozishicha, manchesterliklar Markus Reşford o’rniga “Pari Sen-Jermen” qanot hujumchisi Bredli Barkolani sotib olish imkoniyatini ko’rib chiqmoqda.
Manba ma’lumotiga ko’ra, agar “Barselona” ijaraда o’ynayotgan Reşfordni to’liq sotib olsa, ingliz klubi parijliklar vingerini xarid qilishga kirishadi.
Barkoladan tashqari, Manchester klub yana to’rt nafar futbolchi – Yan Diomande (“RB Leyptsig”), Xesus Rodriges (“Komo”), Martial Godo (“Strasburg”) va Iliman Ndiaye (“Everton”) nomzodlarini ko’rib chiqmoqda.
Joriy mavsumda Barkola PSJ safida barcha musobaqalarda 35 ta o’yinda ishtirok etib, to’qqizta gol urdi va beshta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko’ra, futbolchining bozor qiymati 70 million yevroni tashkil qiladi.
Fikrlar