Reshford Runining rekordlarini takrorlamoqda

  • 6 aprel, 2023, 13:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 25-turidan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yinda "Manchester Yunayted" o‘z maydonida “Brentford”ni qabul qildi va Markus Reshfordning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, angliyalik hujumchi joriy mavsumda o‘ninchi marta jamoasining g‘alaba golini kiritdi. Bu klubning 2009/2010 yilgi mavsumdagi Ueyn Runidan keyingi eng yaxshi natijasi bo‘lib, u ham o‘nta o‘yinda g‘alaba keltiruvchi gol urgan.

Statistikaning yana bir jihati Markus Reshford joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida "Old Trafford"da 19 ta gol urdi. Bu ham xuddi o‘sha Ueyn Runi tomonidan 2012 yilda qayd etilgan “Manchester Yunayted”dagi eng yaxshi natijadir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!