Reshfordning "Barselona"da qolishi so‘roq ostida
Angliyalik hujumchi Markus Reşford ayni paytda "Barselona" safida ijara asosida o‘ynamoqda. Uning transfer huquqi esa "Manchester Yunayted"ga tegishli.
"Que Thi Jugues" dasturida ma’lum qilinishicha, Reşfordni 30 million yevroga sotib olish imkonini beruvchi band endi amal qilmaydi — uning muddati mart oyida tugagan.
Shu bilan birga, bu holat vaziyatni keskin o‘zgartirmaydi. "Barselona' futbolchini yana bir mavsumga ijara olishni istamoqda, ammo "Manchester Yunayted" bunday variantni ko‘rib chiqmayapti.
Avvalroq ingliz klubi Reşford uchun belgilangan narxni tushirish niyati yo‘qligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Manbaga ko‘ra, manchesterliklar hujumchiga boshqa da’vogarlar ham borligini yaxshi tushunib turibdi.
Fikrlar