RFIning sobiq prezidenti: "Do‘stlarimiz dushmanlarimizdan ko‘p"

  • 15 iyun, 2024, 17:50
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFAning sobiq vitse-prezidenti va Rossiya Futbol Ittifoqining faxriysi Vyacheslav Koloskov Evropa chempionatining ochilish o‘yinida Rossiya bayroqlari paydo bo‘lganiga izoh berdi.

Tecno

«UEFA va FIFA Evropa va Jahon chempionatlarida qatnashmaydigan mamlakatlar bayroqlarini ko‘tarib yurishni taqiqlamaydi. Siyosiy shiorlar va petardalar taqiqlangan."

"Albatta, o‘yinda Rossiya terma jamoasi bayroqlari paydo bo‘lganini ko‘rish yoqimli va hayratlanarli edi. Biz buni yaxshi belgi sifatida nishonlaymiz. Shu ma’noda, Evropa chempionatida milliy terma jamoamiz yo‘qligiga qaramay, Rossiyadan muxlislar bor», — deya Koloskovning so‘zlarini keltiradi "TASS" nashri.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi va klublariga 2022 yil 24 fevraldan boshlab xalqaro turnirlarda ishtirok etish ta’qiqlangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!