Riberi faoliyatini A Seriyada davom ettiradi

  • 20.08.2019 13:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Bavariya” klubi sobiq vingeri Frank Riberi faoliyatini “Fiorentina”da davom ettirishi kutilmoqda.

36 yoshli frantsiyalik futbolchi o‘zining Instagramdagi sahifasida Italiyaga yo‘l olayotganiga sha’ma qildi. Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Riberiga Saudiya Arabistonining “Al Nasr” klubi ham jiddiy qiziqish bildirayotgan edi. Biroq, u yakunda arablarning taklifini rad etdi va “binafsharanglilar” safiga o‘tishni tanladi.

Eslatib o‘tamiz, Riberi ayni damda erkin agent hisoblanadi. Shu bois u yangi jamoasiga tekinga borib qo‘shiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!