
Riberi yangi mavsumni ham A Seriyada o‘tkazadi
Frantsiyalik mashhur yarim himoyachi Frank Riberi katta ehtimol bilan yana Italiya chempionatida to‘p suradi.
Jurnalist-insayder Janluka Di Martsioning xabar berishicha, 38 yoshli futbolchi “Verona”ga o‘tishga rozilik bildirgan.
Aytish lozimki, “Verona” garchi yozgi transfer oynasi yopilganiga qaramasdan Riberining transferini e’lon qilishi mumkin. Chunki Frank erkin agent hisoblanadi.
Riberi o‘tgan mavsum “Fiorentina” safida A Seriyada jami 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol hamda 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi.
Fikrlar