
Riberining raqami Gnabriga berildi
“Bavariya” yarim himoyachisi Serj Gnabri yangi mavsum oldidan o‘z raqamini o‘zgartirdi.
Myunxenliklar rasmiy tvitteri tarqatgan xabarga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi endi maydonda 7-raqam ostida to‘p suradi. Bundan avval, ushbu raqamda Frank Riberi harakat qilgan edi.
Gnabri shu paytgacha “Bavariya”da 22-raqamli libosda to‘p surib kelayotgan edi. U joriy mavsum EChLda 10 ta o‘yinda 9 ta gol urishga erishdi. “Bavariya” esa yakunda chempiolikni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar