Rim Gran-prisi. 3 taekvondochimizda mag‘lubiyat, bugun yana 3 vakilimiz dayanga chiqadi

  • 4 iyun, 2022, 10:48
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Italiyaning Rim shahrida taekvondo bo‘yicha Gran-pri tasnifiga kiruvchi turnir start oldi.

Tecno

Kecha 3 nafar sportchimiz g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Biroq vakillarimizning hech biri shohsupaga ko‘tarila olmadi. 

Bugun ham 3 taekvondochimiz oltin medallar uchun dayanga chiqadi. -67 kg vazn toifasida Feruza Sadikova chexiyalik Iveta Yirankova bilan o‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritib oladi. +67 kg.da esa, Tokio-2020 ishtirokchisi Svetlana Osipova Xorvatiya vakilasi Nika Petanekni sinovdan o‘tkazadi.

3-vakilimiz +80 kg vaznda erkaklar o‘rtasidagi bahslarda qatnashadi. 22-tartib raqam ostida saralangan Shohrux Rajabov Germaniya sharafini himoya qilayotgan Aleksandr Baxman bilan to‘qnash keladi.

Voqealar rivojini SPORTS.uz bilan kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!